

Jurnalist Jerar Romeroning xabar berishicha, argentinalik futbolchining “matraschilar” xo'jayinlari bilan yuzma-yuz suhbati 10 avgust kuni bo'lib o'tadi. “ESPN Argentina” ham shunga o'xshash ma'lumot bilan bo'lishmoqda: hujumchi dushanba kuni klub qarorgohiga qaytadi, ammo bosh murabbiy Diego Simeone va rahbarlarga faqat “Barselona”da o'ynashni xohlayotganini ochiq-oshikor bildiradi.
“Ko'k-anorranglilar” allaqachon Xulian Alvares uchun 100 million evro taklif qilgan. “Atletiko” muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda, biroq taklif hamon o'z kuchida qolmoqda. 26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.



