

Zidan turli top-klublarning say-harakatlariga qaramay, ularning takliflarini rad etdi.
"Diario AS" nashrining xabar berishicha, "Chelsi" Zidanga jiddiy qiziqish bildirgan va Angliyaning boshqa klublari ham uni taklif etishga uringan.
"Real" bilan Chempionlar Ligasining ko'p karra g'olibi bo'lgan mutaxassis faqat ikkita jamoanigina boshqarishini aytgan: "Real" va Fransiya terma jamoasi.
OAV xabarlariga ko'ra, u Qo'shma Shtatlardagi Jahon chempionatidan keyin Fransiya boshqaruvini qo'lga oladi.



