

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.
Fransiyaliklar turnirdagi ishtirokini avvalroq jahon chempionatidan so'ng lavozimini tark etishini e'lon qilgan Dide Desham qo'l ostida yakunlab qo'yishadi. JCH-2026 yarim finalida Fransiya terma jamoasi Ispaniyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o'rin uchun kechadigan bahsda "uchranglilar" Argentina va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi yarim final mag'lubi bilan kuch sinashishadi. Ushbu uchrashuv 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Desham milliy terma jamoani 2012 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi va u 2018 yilgi jahon chempionatida jamoani chempionlikka boshlab borgan.
Zidan bungacha klub futbolida yuqori darajada muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. U "Real Madrid" boshqaruvida (2016–2018 va 2019–2021 yillarda) uch bor Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan, ikki marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan va boshqa bir qator xalqaro sovrinlarga ega chiqqan.



