

- Salbiy natijalardan so'ng tanqidlar, muxlislarning noroziliklari bo'lishi tabiiy. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmayman degansiz, ammo hozirgi davrda bularni payqamaslikning iloji yo'q. Shunday vaziyatlardan qanday chiqib ketasiz?
- Murabbiy bunday narsalarga ruhan tayyor bo'lishi kerak. Bu narsalar istalgan murabbiy bilan ro'y berishi mumkin. 2024 yil yakunlanganda rahbariyatdan tanaffus olishni so'ragandim. Hech qaerga ketmayman, klubda boshqa lavozimda ishlashga roziman degandim. Ammo menga 10 kun dam berishgandi. Hozirgi vaziyatda ham hech narsadan nolimayman. Men shu erlikman, bu meni uyim. Har qanday holatda jamoaga yordam berishga tayyorman.
Matbuot anjumanining to'liq qismini videoda tomosha qilishingiz mumkin.



