Angliya terma jamoasi josuslik xavfi tufayli JCH-2026 uchun Mexikoga uchishni kechiktirdi

3 iyul 2026, 17:40
Angliya terma jamoasi JCH-2026 1/8 finali doirasida Meksikaga qarshi kechadigan o'yin uchun Mexikoga uchish vaqtini josuslikdan xavsirab ortga surishga qaror qildi.

Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, DR Kongo ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) keyin Tomas Tuxel jamoasi Mexikoga yo'l olish o'rniga Kanzas-Sitidagi mashg'ulot bazasiga qaytib kelgan. Bu qaror taktik ishlanmalar haqidagi ma'lumotlar sizib chiqishi mumkinligidan xavotirlanish bilan bog'liq. Qayd etilishicha, inglizlarning mashg'ulot bazasi xavfsizlik xizmatlari tomonidan kuchaytirilgan nazorat ostiga olingan.

Avvalroq meksikalik muxlislar raqiblari uchun "jahannam kechasi"ni tashkil qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Ular JCH-2026 1/8 final uchrashuvi arafasida kuchli audiodinamiklar va avtomobil sirenalaridan foydalanib, futbolchilarni uyqudan mahrum qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail