Germaniya futbol ittifoqi Nagelsmann ketganidan keyin Klopp bilan muzokara o'tkazish niyatida ekanligini ma'lum qildi

3 iyul 2026, 17:15
Germaniya futbol ittifoqi (DFB) rasmiy saytida 2023 yildan buyon bundestim bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan Yulian Nagelsmann bilan shartnoma bekor qilinganidan so'ng, Yurgen Klopp bilan muzokaralar boshlash niyatida ekanligini e'lon qildi.

"Yangi murabbiyni tayinlash masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, DFB rahbariyati endi Yurgen Klopp bilan muzokaralar olib borish niyatida. U ushbu lavozimni egallashga umuman olganda tayyor ekanligini bildirib ulgurgan", - deyiladi DFB xabarida.

Klopp 2025 yildan buyon Red Bull kompaniyasida xalqaro aloqalar bo'yicha direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha 59 yoshli mutaxassis 2015 yildan 2024 yilgacha "Liverpul"ni boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com