

“So'nggi to'rt-besh yil ichida Xarri bilan juda yaxshi munosabatlarga ega bo'ldik, ayniqsa, Qatardagi jahon chempionati yaqin hamkorlikda o'ynay boshlaganimizdan so'ng. U bilan birga maydonga chiqish men uchun sharaf. Menimcha, u Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi. U rivojlanishda davom etmoqda va bu hayratlanarli. Ko'rinib turibdiki, u sardorlik roliga qancha kuch sarflaydi va bizni o'z ortidan ergashtiradi. Uning mahorati hammasini aytib turibdi: u eng yaxshisi”, - dedi futbolchi.
Angliya terma jamoasi uchta o'yinda 7 ochko jamg'arib, “L” guruhida birinchi o'rinni egalladi. Inglizlar 1/16 finalda Kongo DR terma jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuv 1 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.



