

Yevropa futbol assotsiatsiyasi bunday vaziyatlarda keskin chora ko'rish shart emas deb hisoblaydi. Yangi tartibga ko'ra, agar futbolchi og'zini to'sgan holda hakam manziliga nomunosib gaplar aytgani gumon qilinsa, referilar avtomatik qizil kartochka o'rniga sportchiga xos bo'lmagan xulq-atvor uchun sariq kartochka ko'rsatish bilan cheklanishlari mumkin bo'ladi.
Bu qaror futbol jamoatchiligi orasida qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda, chunki FIFA ushbu tartib orqali maydondagi o'zaro hurmat va shaffoflikni taminlamoqchi edi.



