

O'zbekiston terma jamoasi vakillari Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullayevlar to'p tepadigan “Istanbul Bashakshexir” saralashning birinchi o'yinida durang qayd etdi. Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 69 daqiqada almashtirildi, Fayzullayev esa 61 daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi. Bahsda dastlab hisobni finlyandiyaliklar ochishdi, ikkinchi bo'limda turk jamoasi vakili Bayram hisobni tenglashtirdi va o'yin 1:1 hisobida yakun topdi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi javob o'yini 30 iyulda o'tkaziladi.
Konferenciyalar ligasi saralashi, 2 bosqich
"Istanbul Bashakshexir" - "Inter Turku" 1:1
Gollar: Bayram 54 - Jepta 16.
"Istanbul Bashakshexir": Sengezer, Saxiner, Bayram, Ba (Opoku 61), Karbovnik, Gunesh (Ozdemir 82), Kemen, Sari, ELDOR SHOMURODOV (Da Kosta 69), Brnich (ABBOS FAYZULLAYEV 61), Yildirim (Selke 69).



