

"Chempionat uchrashuvlaridan so'ng Kubok bahslariga o'tdik. Biz bu to'qnashuvga jiddiy munosabatda edik, chunki "Aral" o'z ligasida yetakchilik qilmoqda. Jamoa munosib o'yin ko'rsatyapti. Murabbiy imzosi jamoa o'yinida aks etib turibdi. Kuchli murabbiylar shtabi jamlangan. O'yinga kelsak, birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlar yuzaga keltirdik. Faqat biroz realizaciyada oqsakdik deya olaman. Ikkinchi bo'limda esa Farhodda juda qulay vaziyat bo'ldi. Gol urganida o'yin asabiy tugamas edi. Zaxiralarni amalga oshirdik. Albatta, bunday maydonda biroz qiyin. Bu borada ko'p gapirish mumkin lekin mano yo'q. Yaxshi tomoni havo salqinroq bo'ldi, yomg'ir ham yog'ib berdi. Umuman olganda yigitlar ko'rsatmalarni bajarishdi. Quttiboev tartibli va kurashuvchan jamoa tuzgani ma'lum. Tarkibining o'zagini mahalliy futbolchilar tashkil qiladi. Ikki jamoa o'yinchilari 90 daqiqa futbol o'ynashdi, yaxshi kurash kechdi. Bahs yoqimsiz holatlardan holi o'tdi", - deydi Andrey Shipilov.
- "Qo'qon-1912" favorit edi. Jamoangiz o'yinni to'liq nazorat qildi deya olasizmi?
- Nazorat qildik, o'yin tizginini ushlashga harakat qildik. Maydon sifatidan kelib chiqib tayyorgarlik ko'rgandik. Ayrim holatlarda to'psiz ham o'ynaganimizni takidlashim zarur. Mezbonlar posboni sifatli o'yin ko'rsatdi. 30-daqiqalardan keyin "Aral" biroz ortga chekindi, biz o'yinni qo'lga oldik. O'yin tempi borasida ikki liga o'rtasida farq bor. Nukusliklar o'z o'yinini to'liq ko'rsata olmadi. Ularda strategik vazifa bor, chempionatda Superliga yo'llanmasi uchun kurashyapti. Ochig'ini aytganda Nematillo Quttiboevga omad tilayman. Biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz. Men ancha vaqtdan buyon Nukusda bo'lmagan edim.
- Jamoangizda standart vaziyatlar ko'p bo'ldi. Lekin ulardan samara chiqara olmadi...
- Ha, ko'plab burchak zarbalariga ega bo'ldik. Biz bu borada ham tayyorgarlik ko'rgandik. Balki shamol to'sqinlik qilgandir. Burchak to'plaridan tashqari ham ko'p vaziyatlarimizni yo'qqa chiqardik. Birinchi bo'limda to'p kiritganimizda ancha engil bo'lardi. Goldan so'ng yotib olmadik, o'yinni cho'zmadik. Bugun nolga o'ynadik. Bu yoqimli, chunki himoya va darvoza chizig'imiz ishonchli harakat qildi.
Bugungi g'alabaning ahamiyati katta. Turnirni ishonchli boshladik. "Aral" o'rnida boshqa jamoa ham bo'lishi mumkin edi. Yo'l uzoqligini, sun'iy maydon va hokazo. Tabiiy maydon bo'lganida bir muncha osonroq bo'lardi. Bungacha "Xorazm"da o'ynadik. U yerda maydon sifati boshqacharoq. Startni 3 ochko bilan boshlash yaxshi. OKMK bilan uyda jiddiy uchrashuv kutmoqda. Vazifamiz guruhdan chiqish. Nimeliga dam berishga qaror qildim, u ishiga jiddiy yondoshadi. Biz rotaciya ham qildik, ayrimlar boshlang'ich tarkibga kiritildi.



