JCH–2026: Jazoirning yakuniy tarkibi e'lon qilindi: ro'yxatda "Siti" futbolchisi hamda Zidanning o'g'li bor

Оқил Абдубарноев
31 may 2026, 19:55
Jazoir terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasini e'lon qildi. E'tiborlisi, ro'yxatdan Fransiya terma jamoasi afsonasi Zinedin Zidanning o'g'li Luka Zidan o'rin olgan.

Darvozabonlar: Luka Zidan – "Granada", Ussama Benbot – "USM Aljer", Melvin Mastil – "Stad Nonne", Abdelatif Ramdan – "Aljer".

Himoyachilar: Rafik Belgali – "Verona", Samir Shergi – "Parij FK", Rayan Ait–Nuri – "Manchester Siti", Jauen Hajam – "Yang Boyz", Aissa Mandi – "Lill", Rami Bensebaini – "Borussiya Dortmund", Zineddin Belaid – "JS Kabili", Ashraf Abada – "USM Aljer", Muhammad Amin Tugai – "Esperans".

Yarim himoyachilar: Nabil Bentaleb – "Lill", Hisham Budaui – "Nicca", Hussem Auar – "Al–Ittihod", Fares Shaibi – "Ayntraxt Frankfurt", Ibrahim Maza – "Bayer Leverkuzen", Yasin Titraui – "Sharlerua", Ramiz Zerruki – "Tvente".

Hujumchilar: Muhammad Amin Amura – "Volfsburg", Nadir Benbuali – "Gyor", Adil Bulbina – "Al–Duhayl", Fares Jejemis – "Frozinone", Amin Guiri – "Marsel", Anis Haj Mussa – "Feyenoord", Riyad Mahrez – "Al–Ahli".

photo_2026-05-31_19-33-39.jpg

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Algeria FC