"Man Siti" yozdagi eng qimmat transferlardan birini amalga oshirishi mumkin - TEAMtalk

1 iyun 2026, 10:30
"Manchester Siti" "Aston Villa" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Morgan Rodjers uchun kurashga qo'shildi, deb xabar beradi TEAMtalk.

Manbaga ko'ra, Angliya klubi 23 yoshli futbolchini ilgari uning akademiyasida to'p surgan "Etihad"ga qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda. Rodjersga, shuningdek, "Arsenal", "Chelsi", "Bavariya" va PSJ klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

"Siti"da hujum chizig'ini qayta qurishga tayyorgarlik ko'rilmoqda: Bernardu Silvaning ketishi kutilmoqda, Enco Mareska boshchiligidagi yangi murabbiylar shtabi esa sport direktori Ugu Viana bilan birgalikda tarkivni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Rodjers hujumni kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Futbolchi mos taklif tushsa, o'tishga tayyor, biroq "Aston Villa" uni arzonga qo'yib yubormoqchi emas - uning transferi yozgi oynadagi eng qimmat transferlardan biriga aylanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk