PSJ yana bir rossiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi

1 iyun 2026, 08:57
Futbol agenti Dmitriy Chelcov Moskvaning "Lokomotiv" klubi va Rossiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Aleksey Batrakovning Parijning PSJ klubiga kutilayotgan transferi tafsilotlarini o'rtoqlashdi.

"Batrakovning PSJga o'tish ehtimoli 95 foizga teng. PSJ va "Lokomotiv" rahbarlari allaqachon 10 dan ortiq telefon muloqotlarini o'tkazishdi. Kelasi haftada Kampush (PSJ strategik maslahatchisi) kelishuvni yakunlashga urinish uchun Moskvaga uchib keladi. Katta ehtimol bilan bu amalga oshadi. Ushbu kelishuvga xalaqit berish uchun qandaydir fors-major holati yuz berishi kerak. Transfer narxi 25 million evroni tashkil qiladi, Batrakovning maoshi esa 5-6 million evro atrofida bo'ladi. Taqqoslash uchun, Matvey Safonov 2,5 million evro oladi", - dedi Chelcov .

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com