

O'tish jarayoni yakunlanish bosqichida, biroq hali to'liq rasmiylashtirilmagan. Klub futbolchi bilan to'liq kelishuvga erishdi. Sport direktori va prezident o'yinchini jamoada ko'rishni istashmoqda, futbolchining o'zi esa Yevropaning boshqa klublari tomonidan bo'layotgan qiziqishlar fonida aynan Kataloniya klubi taklifini maqul ko'rdi. Silvaga Madridning "Atletiko", "Benfika" klublari, shuningdek, Turkiya, Fransiya, Italiya va Saudiya Arabistoni jamoalari ham qiziqish bildirgan edi.
Biroq, kelishuv hali "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik tomonidan maqullanishi kerak va faqatgina uning roziligi bilan amalga oshadi.
30 iyunda Bernarduning 2017 yildan buyon to'p surib kelayotgan "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakuniga etadi. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 53 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



