

"Bugun o'yin deyarli o'xshamadi. Faqat dastlabki 20-25 daqiqada yaxshi harakat qildik. Shu davr ichida maydonda tashabbusga ega bo'ldik. Ammo birinchi taym yarmidan boshlab o'yin tenglashdi. Nima bo'lganini bilmadim, lekin yigitlar biroz xotirjamlikka berilishdi.
Ikkinchi taymda ham yaqqol tashabbusga ega bo'lmadik. O'zgarishlar o'yinni kuchaytirmadi va o'yinga ta’sir qilmadi. To'g'ri bir ochko oldik, ammo bizning holatimizda bu kam", - dedi Aleksey Evstafeev.

