Metallurg va Xo'jand klublari o'rtasidagi hamkorlik hamda do'stlik aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda

4 okt 2026, 19:49
Bekobodning Metallurg klubi va Tojikistonning nomdor jamoalaridan biri Xo'jand o'rtasidagi do'stona munosabatlar va o'zaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko'tarilmoqda.

Kuni kecha Tojikiston klubi rahbariyati Metallurgning Bekoboddagi bosh qarorgohiga tashrif buyurdi. Klub Bosh direktori Shavkat Saidov hamrohligida mehmonlarMetallurg PFK akademiyasi va u yerda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Samimiy va konstruktiv ruhda o'tgan muloqot davomida ikki tomon o'rtasidagi mavjud munosabatlarni yanada rivojlantirish, o'zaro tajriba almashish hamda kelgusidagi hamkorlik yo'nalishlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi, manfaatli loyihalarni amalga oshirish borasida kelishib olindi.

Ishonamizki, tarixiy do'stlik rishtalariga asoslangan Metallurg va Xo'jand klublari o'rtasidagi hamkorlik kelgusida yanada yangi mazmun kasb etib, har ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar sport orqali ham yanada mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

photo_2026-10-04_18-58-34.jpgphoto_2026-10-04_18-58-35.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: "Металлург" матбуот хизмати