Morgan: "Messida terma jamoa safida 125 ta gol bor, Ronalduda esa - 146 ta. Shu bilan tarixdagi eng buyuk futbolchi borasidagi bahslarga nuqta qo'yildi"

Sherzod Nurmatov
1 sen 2026, 14:50
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning do'sti, britaniyalik jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

Morgan Messi va Ronalduning milliy terma jamoalari safidagi gollari sonini taqqoslab, Krishtianu tarixdagi eng yaxshi futbolchi degan xulosaga keldi.

3.jpg

"Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 125 ta gol urib, faoliyatini yakunladi - bu futbol tarixidagi ikkinchi natija. Krishtianu Ronaldu esa Portugaliya safida 146 ta gol urgan - bu futbol tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkich. Shu bilan tarixdagi eng buyuk futbolchi borasidagi bahslarga nuqta qo'yildi", – deb yozdi Morgan X tarmog'ida.

Morgan avval ham aynan Ronalduni tarixdagi eng buyuk futbolchi deb hisoblashini bir necha bor takidlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/piersmorgan