

Shuningdek, Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyuga iliq munosabatini bayon qildi.
"Hozir "Barselona" qanday formada ekanligiga qarab, to'g'risini aytsam, derbi oldidan mutlaqo xotirjamman. Jamoa ajoyib o'ynamoqda va men ularning muvaffaqiyatiga to'la ishonaman. Mening taxminim? O'ylaymanki, "Barsa" 4:1 hisobida yirik g'alabaga erishadi.
Shu bilan birga, Joze Mourinyu - kuchli xarakterga ega murabbiy, u menga juda yoqadi. Uning o'zini tutishi va jamoani ruhlantirishi menga manzur bo'ladi.
Bugungi "Barselona"da menga eng ko'p yoqadigan jihat nima? Jamoa bir necha mavsumdan beri Xans-Diter Flik bilan ishlamoqda, bu yerda tamoyillari o'yindan o'yinga sayqallanib borayotgan yagona g'oya ko'rinib turibdi. Qolaversa, umuman olganda futbol juda o'zgardi. Bizning davrimizda hovlilarda o'sgan ko'cha o'yinchilari edik, zamonaviy yosh futbolchilar esa bazida ideal robotlarni eslatadi", - deya Albaning so'zlarini keltiradi AS nashri.



