

"Shporlar" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi muqaddam "Brayton" qarorgohida birga ishlagan vinger bilan qayta birlashish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadigan 29 yoshli o'yinchiga "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda. Mitoma "Brayton" bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga oshiqmayapti.
Joriy mavsumda Mitoma sonining orqa mushagi jarohatidan forig' bo'layotgani sababli o'yinlarda ishtirok etmadi. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 22 mln evroni tashkil etadi.



