

Madridning "Real" klubi braziliyalik hujumchisi Endrik yaqinlashib kelayotgan qishki transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Corriere dello Sport xabariga ko'ra, Italiyaning "Roma" klubi 20 yoshli futbolchini ijaraga olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni yanvar oyidagi ustuvor nishoniga aylantirgan.
Xabar qilinishicha, rimliklar sport direktori D'Amiko muzokaralarda muayyan ilgarilashga erishgan. Endrikning o'zi va uning otasi Italiya poytaxtiga ko'chib o'tish tarafdori bo'lishmoqda, u yerda hujumchi o'z vatandoshi Uesli bilan qayta birlashishi mumkin.
Ehtimoliy ketishning asosiy sababi sifatida o'yin amaliyotining yetishmasligi ko'rsatilmoqda: La Liganing joriy mavsumida braziliyalik futbolchi maydonda bor-yo'g'i to'rt daqiqa o'tkazdi. "Real" rahbariyati futbolchini barqaror o'yin vaqti bilan taminlash va uning professional rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun ijara variantini ko'rib chiqishga tayyor.



