Van Bommel Ronaldu va Jezush o'rtasidagi nizo haqida: "Agar futbolchini maydonga tushirishga vada bersang, so'zingda turishing kerak"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2026, 16:05
Belgiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Van Bommel Portugaliya termasi ustozi Jorje Jezush bilan yuz bergan nizoda Krishtianu Ronalduni qo'llab-quvvatladi.

Avvalroq Jezush Millatlar Ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi bahsda (2:1) Ronalduni maydonga tushirishni vada qilganini, biroq yakunda rejalari o'zgarib qolganini aytgan edi. Daniya bilan kechgan navbatdagi o'yindan (4:2) oldin esa Ronaldu tarkibga kiritilmasligini bilib, milliy jamoa ixtiyorini tark etgan.

Belgiyaning Turkiyaga qarshi bahsi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Van Bommeldan futbolchini maydonga tushirish borasidagi vadasini buzgan bu kabi holatga duch kelgan-kelmagani haqida so'rashdi.

1.jpg

"Agar shunday vada bersang, so'zingda turishing kerak. Men hech qachon futbolchiga o'ynashi haqida vada bermaganman, chunki maydonda nima yuz berishini oldindan hech qachon bila olmaysan. Hatto futbolchiga maydonga tushish uchun yaxshi imkoniyati borligini aytgan taqdiringda ham, har doim o'zing uchun boshqa variantlarni qoldirishing kerak. Mana shunday yo'l tutish mumkin.

Jorje Jezushning, albatta, o'z sabablari bo'lgandir, lekin o'rtoqlik uchrashuvida 40 yoki 60 daqiqa o'ynashingni vada qilish osonroq. Biroq bunday narsalarni vada qilish... Shoshmang, o'ylab ko'ray... Menimcha, men hech qachon bunday qilmaganman", – dedi Van Bommel.

Avvalroq OAVda ushbu mojaro ortidan 41 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SAPO