

"Bu yil Rossiya terma jamoasi bilan o'yin bo'lishi mumkin. Bu masala FFA prezidenti kun tartibida bor. Biz Rossiya bilan o'ynashni istaymiz. Sentyabr oyiga CAFA turniri belgilangan, shuning uchun noyabr oynasi – eng mos vaqt. Bu o'yin tashkil etilsa, juda xursand bo'lardik", – dedi Hoshimi.
2022 yilning fevral oyidan boshlab Rossiya jamoalari FIFA va UEFA rasmiy turnirlaridan chetlashtirilgan. FIFA reytingida Afg'oniston 154-o'rinda, Rossiya esa 39-o'rinda.
Ma'lumot o'rnida, Afg'oniston 29 avgustdan 8 sentyabrgacha CAFA musobaqasida ishtirok etadi. Terma jamoa Tojikiston, Eron va Malayziya bilan bir guruhdan joy olgan.



