Abbos Fayzullaev: "BAA aeroportlarida muxlislar va jurnalistlar ushlab qolinayotgani - yoqimsiz holat"

Tolibjon Qosimov
3 iyun 2025
O'zbekiston terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev Dubayda Championat.asia sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi.

Foto  Abbosbek Fayzullaev BAAga yetib keldi

"Rossiyadagi birinchi sovrinimni qo'lga kiritganimdan xursandman. Final bahsidan so'ng terma jamoamizda muhim o'yin bor. Endi shu bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. O'zbek futboli tarixidagi eng muhim uchrashuvlardan biri. Biz vazifani bajarishimiz kerak".

- Sharja va Abu-Dabidagi aeroportlarda muxlislar va jurnalistlarni ushlab qolishmoqda. Buni futbolchilar his etib turibdimi?

- Bu haqda internetdan o'qidim. Yoqimsiz holat, ammo bu bizga hech qanday ta’sir qilmasligi kerak. Barchasi maydonda hal bo'ladi. Muxlislarimiz stadionda ko'proq bo'lgani yaxshi. Ularni mag'lub etsak, ularga ikki barobar alam qiladi.

- Kubok finalidan so'ng ham terma jamoaning BAAga qarshi o'yini haqida gapirdingiz. Nima deb o'ylaysiz, BAAga qarshi uchrashuv qanchalik qiyin kechishi mumkin? 

- Har bir o'yin qiyin kechadi. Saralashda oson o'yinning o'zi yo'q.  Biroq o'yin haqida ko'p o'ylab yuborish va “perenastroy” qilish ham kerak emas. Jo'da ko'p o'ylab yuborsak, o'yinimizga ta’sir qilishi mumkin.  Shunchaki vazifani bajarish kerak xolos.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia