Jonjo Shelvi faoliyatini yakunlab, BAA jamoasini boshqaradigan bo'ldi

Sherzod Nurmatov
16 apr 2026, 18:55
Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Jonjo Shelvi butsalari mixga ilganini e'lon qildi va darhol murabbiylikka o'tdi.

Sobiq yarim himoyachi 2025 yil sentyabridan beri o'ynab kelayotgan BAAning uchinchi divizionidagi "Arabian Falkons" jamoasi boshqaruvini qo'lga oldi.

"Mening maqsadim - murabbiylikning eng yuqori cho'qqisiga chiqish. Bu nimalarga qodir ekanligimni isbotlash uchun mukammal loyiha", – dedi Shelvi.

Shelvi professional faoliyati davomida "Charlton Atletik", "Liverpul", "Suonsi", "Nyukasl", "Nottigem Forest", "Byornli", shuningdek, Turkiyaning "Rizespor" va "Eyupspor" jamoalarida o'ynagan. 2012 yilda Angliya terma jamoasida debyut qilib, jami 6 ta o'yinda qatnashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail