A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
6 mar 2025
Randal Kolo-Muani A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Qishda PSJdan ijaraga olingan "Yuventus"da harakat qilayotgan futbolchi fevral oyida 4 o'yinda 4 gol va 1 assist qayd etdi. Shu orqali u o'tkazilgan so'rovnomada g'olib bo'ldi.

Shuningdek, so'rovnomada Anxelino ("Roma"), Niko Pas ("Komo"), Kristian Pulishich ("Milan"), Mateo Retegi ("Atalanta") va Mattia Dzakkani ("Lacio") kabi futbolchilarning nomzodi ham bor edi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: legaseriea.it