

Manbaning xabar berishicha, monegasklar futbolchini 50 million evrodan kam narxga qo'yib yubormoqchi emas. "Yuventus"dan tashqari, hujumchi atrofidagi vaziyatni Dortmundning "Borussiya" va "Sanderlend" kuzatib bormoqda.
The Athletic nashrining yozishicha, "Monako" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan Balogunning o'zi jamoani o'zgartirishga tayyor.
25 yoshli hujumchi JCH-2026da to'rtta o'yinda uchta gol urdi. Balogun 2025/26-yilgi mavsumda "Monako" safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda 19 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



