A Seriya jamoasida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi

6 iyun 2026, 00:55
"Fiorentina" klubi 53 yoshli mutaxassis Paolo Vanolining bosh murabbiylik lavozimini tark etganini rasman e'lon qildi.

Klub o'z bayonotida shunday yozadi:

"Klub egalari, rahbariyati va barcha xodimlar murabbiy Paolo Vanoli hamda uning shtabiga jamoani boshqarishda namoyon etgan professionallik, ishtiyoq va jasorati uchun minnatdorlik bildiradi.

Bu oson yo'l bo'lmadi, ammo murabbiy va uning yordamchilari jamoaning ligada qolishi uchun katta mehnat qildi. Bugun bizning hamkorligimiz yakunlanmoqda, ammo erishilgan natijalar uchun ushbu murabbiyga o'z rahmatimizni aytamiz".

Florenciya klubi ushbu mavsumda A Seriya turnir jadvalida 42 ochko bilan 15-o'rinni egalladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi etib Fabio Grosso tayinlanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: acffiorentina.com