Vanoli "Spartak" bosh murabbiyiga aylandi

Alisher
17 dek 2021, 13:53
Antonio Kontening sobiq assistenti Paolo Vanoli "Spartak" bosh murabbiyiga aylandi.

Moskva klubi bu haqda o'z rasmiy saytida ma'lum qildi.

49 yoshli italiyalik mutaxassis klub bilan bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Spartak" Ruy Vitoriyani iste'foga chiqargan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: spartak.com