90minutuz aprel oyining eng yaxshi murabbiy va futbolchisini aniqladi

admin
6 may 2026, 15:53
Saytimiz hamkorlaridan biri bo'lgan "90minutuz" podkasti aprel oyi laureatlarini aniqladi.

Kanal mualliflarining fikriga ko'ra qiyin vaziyatda “Andijon” futbol klubini o'z qo'liga olgan yosh mutaxassis Islom Ahmedov oy murabbiyi deya etirof etildi.

Ushbu oyda Islom Ahmedov “Andijon” klubini 19 aprel sanasidan boshlab maydonga olib tushdi.

Dastlab “Qo'qon-1912” klubi bilan safarda 0:0 hisobi qayd etildi. So'ngra Toshkentda “Bunyodkor” klubini 3:1, o'z uyida “Dinamo”ni 2:1 hisobida taslim qildi. Oyning so'nggi turida “Xorazm”ni Urganchd 3:0 hisobda mag'lub etib umumiy 4ta o'yinda 3 g'alaba va 1 durang bilan 10 ochko jamg'ardi.

photo_2026-05-06_14-56-06.jpg

Oy futbolchisi deya OKMK klubining 20 yoshli futbolchisi Nodir Abdurazzoqov tan olindi.

Ushbu oyda Nodir Abdurazzoqov umumiy 7 o'yinda maydonga tushib 4 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etib, 90minutuz podkasti talqinida eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Abdurazzoqov o'z gollarini “Surxon” , “Andijon”, “ Buxoro” hamda “Lokomotiv” ga qarshi urgan bo'lsa “Dinamo” va “Andijon”ga qarshi bahslarda assist qayd etdi.

Nodir Abdurazzoqov o'zining samarali o'yinlari maydondagi jangovor o'yin uslubi o'z klubini muoffaqiyati yo'lida qo'shayotgan hissasi orqali milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning e'tiborini tortdi. Kuni kecha u O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati oldi kengaytirilgan tarkibidan joy oldi.

photo_2026-05-05_17-33-32.jpg

Zulfiqor G'ulomov


adminMuallif
Manba: