120 yillik tarixga ega klub birinchi marta Bundesligaga chiqdi

Sherzod Nurmatov
18 may 2026, 11:46
"Elversberg" Ikkinchi Bundesligada vice-chempionlikni qo'lga kiritib, tarixda ilk bor yuqori divizionga ko'tarildi.

Jamoa o'z uyida “Proyssen”ni 3:0 hisobida dog'da qoldirdi. Bu orqali “Elversberg”ning ochkolari soni 62 taga etdi.

12 mingdan ortiq aholiga ega Shpizen-Elfersberg shahri jamoasi 1907 yilda tashkil topgan.

2.jpg3.jpg

Eslatib o'tamiz, Ikkinchi Bundesliga chempioni bo'lgan “Shalke” mavsumni “Elversberg”dan 8 ochko ustunlik bilan yakunladi. Germaniyaning yuqori divizionida ishtirok etish uchun yana bir yo'llanma taqdiri esa “Volfsburg” va “Paderborn” o'rtasidagi bahsda hal bo'ladi. “Bo'rilar” Bundesligada 16-o'rinni egallagan bo'lsa, raqib jamoa Ikkinchi Bundesligada 3-pog'onadan joy oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bulinews