

Bu haqda "Sky Sport" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, kelishuv 16 may kuni bo'lib o'tadigan Bundesliganing so'nggi turi doirasidagi "Kyoln"ga qarshi o'yindan oldin tuzilishi kutilmoqda.
Yangi shartnomaga ko'ra, Noyerning maoshi kamayadi. Bitim 2027 yilgacha amal qiladi.
Noyer 2011 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib keladi. 40 yoshli posbon joriy mavsum 36 o'yinda qatnashib, 39 ta gol o'tkazdi va 11 o'yinda darvozani "quruq" saqladi.



