"Liverpul" himoyani niderlandiyalik futbolchi bilan kuchaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
19 may 2026, 14:11
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, "Liverpul" "Inter" himoyachisi Denzel Dyumfrisga qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar 30 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni ko'rib chiqmoqda, uning bitimida 25 million evro miqdorida tovon puli belgilangan.

1.jpg

Dyumfris "Inter"da 2021 yilning avgustidan beri o'ynab kelmoqda. U 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 28 o'yinda 5 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira