MYU portugaliyalik yulduz masalasida muzokaralarga kirishdi

Sherzod Nurmatov
19 may 2026, 13:18
Jurnalist Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra, "Manchester Yunayted" "Milan" va Portugaliya terma jamoasi vingeri Rafael Leauga qiziqmoqda.

Italiya klubi rahbariyati agar futbolchi uchun kamida 40-50 million evro taklif qilinsa, "qizil iblislar"ning taklifini ko'rib chiqadi. "Milan" moliyaviy qiyinchiliklar tufayli 26 yoshli Leauni shu summaga qo'yib yuborishga tayyor.

Portugaliyalik futbolchining 2028 yil yozda tugaydigan shartnomasida 175 million evro miqdorida tovon puli belgilangan.

Vinger 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 30 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi. Transfermarkt Leauning narxini 65 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur