"Bavariya" 8 nafar futbolchisini transferga qo'ydi

Sherzod Nurmatov
1 may 2026, 12:55
Myunxenning "Bavariya" jamoasi bir vaqtning o'zida 8 nafar o'yinchisi bilan xayrlashishga tayyor.

Biroq bu ularning asosiy tarkibidagi futbolchilar emas, balki hozirda boshqa klublarda ijarada o'ynayotgan futbolchilar: Joao Palinya, Brayan Saragosa, Sasha Boe, Daniel Perec, Ariyon Ibragimovich va Aleksandr Nyubel.

bavarianfootballworks.com ma'lumotlariga ko'ra, ularning aksariyatida tovon puli bandi mavjud, biroq bu faqat Boe va Perecga nisbatan qo'llanadi. Qolganlari sotilishi kerak bo'ladi. Agar yaxshi takliflar kelib tushsa, Kim Min Je va Xiroki Ito ham ketishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bavarianfootballworks.com