Superliga. "Qizilqum" o'z uyida "Surxon"ni yuta olmadi

Narzulla Saydullayev
10 okt 2026, 19:55
Superliganing 23-turini davom ettiruvchi "Qizilqum" - "Surxon" bahsi bo'lib o'tdi.

"Qizilqum" - "Surxon" 0:0

10 oktyabr 2026 yil. Navoiy, “Yoshlar“ sport majmuasi. 18:00

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Daniil Yacenko, Sardor Sodiqov, Erlan Nurjanov

VAR hakami: Naim Qosimov

AVAR hakami: Rinat Serazitdinov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Shohruh Said

"Qizilqum": 1. Farhod Rahmatov, 7. Fayzullobek Jo'manqo'ziev (34. Grigol Chabradze, 71), 8. Shahzodbek Rahmatullaev, 9. Shahzod Turopov (70. Maykon Duglas, 71), 10. Islom Kenjaboev (47. Ruslan Roziev, 61), 15. Nikola Kumborovich, 31. Jambuli Jigauri (18. Abbosbek Abdug'offorov, 90+3), 40. Nodirxon Nematxonov, 44. G'iyosjon Rizaqulov, 77. Diyor Rahmatilloev, 88. Otabek Jo'raqo'ziev (97. Roman Papariga, 61).

Zaxiradagilar: 99. Xumoyunshoh Sayyotov, 4. Ilhomjon Vahobov, 17. Akmaljon Muzafarov, 23. Samandar Shukurillaev, .

"Surxon": 25. Otabek Boymurodov, 6. Behzod Shamsiev, 7. Dostonbek Tursunov (27. Muhammadali Musaxonov, 77), 8. Xumoyun Sherbo'taev, 11. Richard Fraydey (10. Sunnatulla Abdullajanov, 90+3), 14. Tohirjon Ashurboev (23. Kamronbek Yusupov, 46), 15. Diyor Ramozonov (18. Behruz O'ktamov, 60), 19. Farruxjon Qodirov (17. Sarvar Abduhamidov, 60), 21. Tornike Dzebniauri, 26. Behruz Shukurullaev, 66. Behro'z Shaydulov.

Zaxiradagilar: 86. Davron Merganov, 39. Mirmaqsud Mirusmonov, 70. Farxodbek Salixjonov.

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+4. O'yin tugadi. “Qizilqum“ - “Surxon“ 0:0

90+4. Zarba! Abdug'afforov gol urib g'alaba keltirishi mumkin edi, Boymurodov to'pni ushlab oldi

90+3. O'zgarish. “Surxon“. Fraydey o'rniga Abdullajonov tushdi

90+3. O'zgarish. “Qizilqum“. Jigauri o'rniga Abdug'afforov

90+3. Zarba! O'ktamovning zarbasidan keyin Rahmatov to'pni ushlab oldi

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

87. UXX! Jigauri burchakdan to'pni oshirdi, Nematxonov Boymurodovga nisbatan qo'pol o'ynadi

83. UXX! Papariga birga bir vaziyatdan gol ura olmadi, ofsayd ham bor ekan

82. Zarba! Jigaurining burchakdan uzatgan to'pini Kumburovich boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

81. Zarba! Chapdan uzatilgan to'pni Tornike boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

79. Xavfli vaziyat! “Surxon“ning hujumi, O'ktamov bir raqibni aldab zarba berdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi

77. O'zgarish. “Surxon”. Tursunov o'rniga Musaxonov tushdi

77. ZARBA! Kumburovichning kuchli zarbasidan keyin Boymurodov to'pni qaytardi!

75. UXXX! “Qizilqum“ning hujumi, Behruz Shukurullaev jamoasini muqarrar goldan qutqardi!

74. UXXX! Tursunovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Kamron Yusupov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

71. O'zgarishlar. "Qizilqum". Turopov va Jumanqo'ziev o'rniga Maykon va Chabradze tushdi

70. Zarba! Sherbo'taevning zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi

65. Zarba! Turopovning uzoqdan tepgan kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi

63. Zarba! Chapdan Diyor Rahmatilloevning tepgan to'pini Boymurodov ushlab oldi

61. O'zgarishlar. “Qizilqum“. Jo'raqo'ziev va Kenjaboev o'rniga Roziev va Papariga tushdi

60. O'zgarishlar. "Surxon". Ramazonov va Qodirov o'rniga O'ktamov va Abduhamidov tushdi

53. Zarba! Tursunovning zarbasi noaniq ketdi

51. Xavfli vaziyat! “Qizilqum“ning hujumi, chapdan Kenjaboevning uzatgan to'pini Jo'raqo'ziev boshi bilan darvoza tomon yo'lladi, noaniq!

48. UXXX! Nematxonovdan juda qo'pol xato, Kamron Yusupov gol urib qo'yishi mumkin edi, biroz noaniq

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. “Surxon“. Ashurboev o'rniga Kamron Yusupov tushdi

45+1. Birinchi taym yakunlandi

45+1. UXXX! Kenjaboevning uzatmasidan keyin Rahmatullaev birga bir vaziyatda zarba berdi, Boymurodovdan seyv!

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

45. ZARBA! Kenjaboevning zarbasini Boymurodov qaytardi, Rizaqulovning zarbasi noaniq ketdi

34. Zarba! Ashurboevning zarbasi ancha noaniq ketdi!

33. UXXX! Fraydeyning uzatmasiga Qodirov eta olmadi

29. Zarba! Jigaurining zarbasi ancha noaniq ketdi

28. Zarba! Ramazonovning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi

27. “Qizilqum“ning hujumi, Rizaqulov o'ng qanotdan reyd qildi va to'pni jarima maydoniga uzatdi. Jo'raqo'ziev zarba bera olmadi

26. “Surxon“ning hujumi, o'ngdan uzatilgan to'pni Tornike darvozaga yo'lladi, Rahmatov o'z o'rnida

20. GOL! “Qizilqum“ gol urdi, biroq o'yindan tashqari holat qayd etildi. Kenjaboev to'pni Rahmatullaevga oshirayotganda ofsayd bor edi. Jo'raqo'ziev gol urgandi. Hisob o'zgarmadi 0:0

17. UXXX! “Qizilqum“da burchak to'pi, Rahmatullaev uzatgan to'pni Boymurodov qaytara olmadi, Kumburovichning zarbasini Shamsiev qaytardi!

10. Uchrashuv hozircha teng kurashlar ostida davom etmoqda

1. O'YIN BOSHLANDI!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia