

– O'yin haqida fikringiz…
– Bugungi uchrashuv biz uchun g'oyat ahamiyatli, zero raqibimizning salohiyati bizga yaxshi ma'lum. Ular – kuchli jamoa va bugun g'alaba uchun astoydil harakat qilishlari tabiiy. Biz esa o'z rejamizga sodiq qolgan holda, muvaffaqiyatga erishish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solishimiz lozim.
– Jamoa turnir jadvalida hamon xavfli hududda bormoqda. Bugungi g'alaba ruhiy bosimni biroz bo'lsa-da engillashtiradimi?
– To'g'risini aytganda, biz ortiqcha ruhiy bosim his qilayotganimiz yo'q, chunki vaziyatni sun'iy ravishda murakkablashtirishni istamaymiz. Asosiy e'tiborimizni har bir navbatdagi uchrashuvga qaratgan holda, munosib harakat qilib, maksimal ochkolarni qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Natijalar esa mavsum yakunida sarhisob qilinadi.
– Navbatdagi to'qnashuv liga yetakchisi – "Neftchi" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Ular ayni paytda birinchi bo'limning o'zidayoq "Nasaf"dan to'rtta to'p o'tkazib yuborishdi. Bo'lajak o'yin haqida qanday fikrdasiz?
– "Neftchi" – yuqori saviyali futbolchilardan tashkil topgan va mustahkam o'yin tizimiga ega kuchli jamoa. Biz uchun "Neftchi" va "Nasaf" o'rtasidagi uchrashuv hisobi qanday bo'layotganining ahamiyati yo'q; biz faqat o'z vazifamizni bajarishga diqqatimizni qaratamiz. Eng asosiy maqsadimiz – maydonga tushish, oxirigacha kurashish va g'alaba qozonishdir.



