Richard Fraydey: "Paxtakor" darvozaboniga bosim o'tkazishga harakat qildim va nimadir sodir bo'lishi mumkinligini sezdim"

Оқил Абдубарноев
12 avg 2025
Superliganing 18-turidan joy olgan "Dinamo" – "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Richard Fraydey o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ikki raqib o'rtasida yaxshi o'yin bo'ldi. O'yin muvozanatini saqlashga harakat qildik, ammo afsuski, g'alabani qo'ldan chiqardik. O'yinni boy bergandan ko'ra, ochko qo'lga kiritish afzalroq. "Paxtakor" ham g'alaba uchun katta tavakkal qilmasdan ochko olishni maqul ko'rdi, lekin ushbu uchrashuv biz uchun yaxshi o'tdi. Har holda, yutqazish yaxshi bo'lmasdi.

Gol bo'lgan vaziyatda shunchaki "Paxtakor" darvozaboniga bosim o'tkazishga harakat qildim va nimadir sodir bo'lishi mumkinligini sezdim, keyin esa men kutgan hodisa yuz berdi. Men faqatgina unga pressing qilishga urindim", dedi nigeriyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Fraydey uchrashuvning 19-daqiqasida "Paxtakor" darvozabonining to'pga chiqishda yo'l qo'ygan qo'pol xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochgandi.

INTERVYU VIDEOSI


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia