Rasman: Bobur Farhodov “Metallurg” o'yinchisi!

Alisher
27 iyul 2022, 17:46
“Metallurg” PFK o'z tarkibini yana bir futbolchi bilan to'ldirdi.

"Birinchi davrani Jizzaxning “So'g'diyona” futbol klubida o'tkazgan Bobur Farhodov endilikda Bekobod jamoasi sharafini himoya etadi. Davralar oralig'idagi tayyorgarlik jarayoni hamda nazorat uchrashuvlarida o'zini ko'rsatgan Bobur Farhodov “Metallurg” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 

Bobur Farhodov 26 yoshda. 1996 yilning 11 fevral sanasida tavallud topgan. Professional faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida boshlagan Bobur Superliganing “Buxoro”, “So'g'diyona” klublarida to'p surgan. Shuningdek, xorijda – Litvaning “Miniya” jamoasida o'ynab qaytgan. Superliga bahslarida 26 uchrashuvda maydonga tushgan, 1 ta gol kiritgan, 6 marta ogohlantirilgan.


Bobur Farhodov 

26 yoshda. 1996 yilning 11 fevral sanasida tug'ilgan.

Ampluasi – himoyachi 

Faoliyat yuritgan jamoalari:

2019 yil – “Bunyodkor” (Toshkent)

2020 yil – “Buxoro” (Buxoro)

2021 yil – “Miniya” (Litva)

2022 yil birinchi davra – “So'g'diyona” (Jizzax)", - deyiladi klub xabarida.




AlisherMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати