

"Hozir bor e'tiborimni faqat klubimga qaratganman, chunki hali shartnomam bor. Jamoamiz bilan O'zbekiston chempionligi uchun kurashyapmiz va bunga juda yaqinmiz. Shuningdek, ertaga Chempionlar ligasida ham o'yinimiz bor. Biz faqat mashg'ulotlarga diqqatimizni jamlaganmiz. Bular shunchaki xabarlar va bunday gaplar turli davlatlardan chiqishi tabiiy hol, chunki bilasiz, shartnomam dekabr oyida yakuniga etadi. Ko'plab klublardan takliflar tushishi odatiy holat, lekin men bularni bir chetga surib, bor diqqatimni jamoamga yordam berishga qaratganman. Chunki biz bu mavsumda ham o'z o'rnimizni saqlab qolishimiz kerak, O'zbekistonda eng yaxshi o'rin va eng yaxshi holatda bo'lishga loyiqmiz – axir biz "Paxtakor"miz. Jamoam va do'stlarim uchun bor kuchimni berishim kerak. Bular esa shunchaki oddiy yangiliklar – shartnomasi yakunlanayotgan har qanday futbolchi nafaqat "Persepolis"dan, balki turli davlatlardan takliflar olishi tabiiy. Bu mavzuda esa, inshaalloh, keyinroq yana gaplashamiz", dedi 29 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Bashar Resan joriy mavsum "Paxtakor" safida barcha turnirlarda 29 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


