Fakt. "Metallurg" Ilyos Qurbonov bilan mag'lubiyatsiz seriya qayd etmoqda

Iskandarov Abdulaziz
9 okt 2026, 08:10
"Metallurg" jamoasi kecha Proliganing navbatdagi turida "Kattaqo'rg'on" bilan mehmonda kuch sinashishi kerak edi.

Biroq uchrashuvga xavfsizlik xodimlari kelmagani sababli mezbonlarga texnik mag'lubiyat, mehmonlarga texnik g'alaba yozildi. Shu tariqa bekobodliklar Ilyos Qurbonov boshchiligida ketma-ket 7 ta o'yinda mag'lubiyatsiz seriya qayd etdi. Mutaxassis “Metallurg”ni 14-turda “Yaypan” bilan durang (1:1) qayd etilgach qabul qilib olgan edi.

"Kattaqo'rg'on" - "Metallurg" 0:3

"Metallurg" - "Jayxun" 1:0

"Metallurg" - "Paxtakor-Farm" 1:0

"Olimpik-Mobiuz" - "Metallurg" 2:3

"BuxDU" - "Metallurg" 0:4

"TerDU" - "Metallurg" 0:3

"Respublika FA" - "Metallurg" 1:3

Bekobod klubi navbatdagi uchrashuvini 13 oktyabr kuni “Sho'rtan”ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia