

O'zbekistonlik yosh va umidlMarkaziy himoyachi Bosniya va Gertsegovinaning “Velej” Nevesine klubi safida allaqachon debyut qilib, chempionat bahslarida jamoasiga yordam berib kelmoqda.
2007 yil 6 mayda tavallud topgan bo'lajak futbolchi dastlabki saboqlarni Toshkentning “Bunyodkor” akademik tizimida oldi. 2016–2023 yillar davomida poytaxt klubida mustahkam poydevor qo'ygan Qo'chqorov, keyinchalik Toshkentning “Do'stlik “jamoasi tarkibida tajriba orttirdi. Uning legioner sifatidagi ilk qadamlari esa 2025/26 yillar mavsumida Serbiyaning “Zlatibor Chaetina” klubiga ko'chib o'tishi bilan boshlandi.
Serbiyadagi maktabdan so'ng yosh himoyachining keyingi manzili Bosniya va Gertsegovina bo'ldi. Nevesine shahri sharafini himoya qiluvchi “Velej” tarkibiga kelib qo'shilgan Ulug'bek kalta fursat ichida jamoaning asosiy tarkib kurashiga qo'shildi va liga bahslarida maydonga tushdi. Klub vakillari hamda murabbiylar shtabi o'zbekistonlik himoyachining mehnatkashligi, tartibli o'yini va yuqori salohiyatini etirof etib, u yaqin kelajakda jamoaning yetakchi o'yinchilaridan biriga aylanishiga ishonch bildirmoqda.
- Asosiy maqsadim - doimiy ravishda o'z ustimda ishlash, yevropacha futbol atnosferasida tajriba orttirish va yanada yuqoriroq darajaga ko'tarilish, - deydi yosh futbolchi. - Har bir sportchi singari, mening ham eng katta orzuim - kun kelib O'zbekiston milliy terma jamoasi libosini kiyish. Bu mehnatlarimga berilgan eng oliy etirof bo'lar edi.



