Qoidalar hamma uchun har xil". Fernandesh - "Lids"ga qarshi o'yindagi hakam qarorlari haqida

14 apr 2026, 08:45
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh APL 32-turida "Lids"ga qarshi o'yinda (1:2) himoyachi Lisandro Martinesning chetlatilishiga munosabat bildirdi.

Argentinalik futbolchi "Lids" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinning sochlaridan tortib olgani uchun maydondan chetlatilgan. Shuningdek, portugaliyalik yarim himoyachi bosh hakam Pol Tirnining boshqa qarorlaridan ham norozi bo'lgan.

"Agar hakam haqida gapira boshlasam, menga katta muammo tug'iladi. Bu haqda gapirishni istamayman, chunki qoidalar hamma uchun har xil va ularni turlicha talqin qilishadi. Ko'rsatilgan sariq kartochkalar o'rtasidagi farq ham yaqqol ko'rinib turibdi. Shuning uchun men shunchaki jim turib olganim maqul", - dedi Fernandesh.


Manba: