

Angliya yoshlar terma jamoasi a'zosi bo'lgan ushbu yosh o'yinchi "Tottenxem Xotspur" klubidan ko'chib o'tdi. O'tgan mavsumda u 18 va 21 yoshgacha bo'lgan jamoalar tarkibida 13 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Shu jumladan, UEFA Yoshlar ligasidagi ettita o'yinda 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bunday ajoyib o'yinlari tufayli futbolchi "shporlar"ning asosiy jamoasi mashg'ulotlariga ham jalb etila boshlangan edi.
"Standard" jurnalisti Sem Tabyutoning ma'lumotlariga ko'ra, kelishuvning umumiy summasi 8 million funtni (9,4 million evro) tashkil etadi: 4 million funt (4,7 million evro) dastavval to'lanadi, qolgan 4 million funt (4,7 million evro) esa turli bonuslar ko'rinishida beriladi. Shuningdek, futbolchi keyinchalik boshqa klubga sotilsa, transfer summasining 20 foizi "Tottenxem"ga tegadi.
Yakunlangan mavsum natijalariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 38 ta o'yindan 71 ochko jamg'arib, uchinchi o'rinni band etgan edi.



