

"Sababini bilmayman. Eplayotganlar bor. O'tgan turda Mirjamolning goli? Uning zarbasi rikoshet orqali darvoza to'ridan o'rin oldi. Hozir ham chempionatda bunday gollar ko'p. Bizning futbolchilik davrimizdagi gollar esa tasvirda qolmagan va yo'qolib ketgan", dedi 55 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Superliganing 8-turida Mirjalol Qosimovning o'g'li Mirjamol Qosimov jarima zarbasidan "Buxoro" darvozasini ishg'ol qilgandi.



