

"Ronaldu - 25 yildan ortiq faoliyati davomida Portugaliyani dunyoga tanitgan va dovrug'ini oshirgan futbolchi. U mamlakatimiz nomini eng ko'p tanitgan portugaliyaliklardan biri sanaladi. Shu sababli men har doim muvaffaqiyatli shaxs bo'lgan Ronaldu tomonidaman.
Hozir muhimi - u har doim kim bo'lgan bo'lsa, shunday bo'lib qolishi: birinchi darajali o'yinchi hamda o'z yurti sharafini himoya qilib, uni xorijda hech kimga o'xshamagan tarzda ulug'lagan portugaliyalik bo'lib qolishi.
Oradan 30 yil o'tib milliy jamoa bosh murabbiyi kim bo'lganini, Portugaliya termasini kim boshqarganini yoki futbolni kim sharhlaganini hech kim bilmaydi, ammo 30, 40 va 50 yildan keyin ham hamma Ronalduning kimligini biladi. Buyuklik va o'rtamiyonalik o'rtasidagi farq ham aynan shunda", – dedi Albukerke.
30 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush matbuot anjumanida Ronaldu 1 oktyabr kuni Millatlar Ligasi doirasida Daniyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborishini ma'lum qilgandi. Shundan so'ng hujumchi Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etishga qaror qilganini e'lon qildi va kun kelib ketish sabablari haqidagi haqiqatni oshkor etishga vada berdi. Keyinroq OAVda 41 yoshli forvard milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida xabarlar tarqaldi.



