

JCH-2026’da argentinaliklar finalgacha yetib borib, qo'shimcha bo'limlarda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi. 24 iyun kuni 39 yoshga to'lgan hujumchi milliy terma jamoa safida jami 207 ta o'yin o'tkazib, 125 ta gol urdi va 68 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Men ushbu xabarga tayyor bo'lib bo'lganman deb o'ylagandim, biroq ko'rinib turibdiki, unday emas ekan.
Argentinalik sifatida, terma jamoa muxlisi, jamoadosh va do'st sifatida men uchun qilgan barcha ishlaring uchun rahmat!
Sen haqingda, sening merosing va futbolchi, lekin eng avvalo inson sifatidagi buyukliging haqida gap ketganda, so'zlar ortiqchalik qiladi. Bizning terma jamoada... Sening terma jamoangda sen bilan birga to'p tepish menga nasib etganidan baxtiyorman.
Men seni yaxshi ko'raman. Har doim baxtli bo'lgin. Bizga boshdan kechirish imkonini bergan barcha narsalaring uchun mamlakatimiz sendan doimo minnatdor bo'ladi!!!", – dedi Paredes.



