Lionel Messi terma jamoadagi xayrlashuv o'yinidan so'ng: "Argentina bilan abadiy qolishni istardim, ammo vaqt keldi"

Iskandarov Abdulaziz
7 okt 2026, 10:01
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvi - Beninga qarshi o'rtoqlik o'yinidan (3:0) keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Buenos-Ayresdagi “Monumental Antonio Vespuchchi Liberti” stadionida o'tgan bahsdan so'ng futbolchi quyidagilarni aytdi:

“Men bu yerda, Argentina bilan abadiy, umrimning oxirigacha qolishni juda ham istardim... ammo faoliyatimni yakunlaydigan vaqt keldi. So'nggi Jahon chempionatidan keyin vidolashish vaqti keldi. Rahmat, chunki Argentina sharafini himoya qilish - hayotimdagi eng yaxshi narsa bo'ldi”, - dedi Messi o'yindan keyin.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasidan ketish qarorini Messi AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan 2026 yilgi Jahon chempionatidan so'ng qabul qilgan va bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilingan maktubida ma'lum qilgandi.

Umuman olganda, futbolchi argentinaliklar safida 208 ta uchrashuvda maydonga tushib, 126 ta gol va 70 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Сhampionat.com