Argentina o'rtoqlik o'yinida Kosta-Rikani 7:0 hisobida tor-mor etdi

18 noya 2026, 07:34
Argentina terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Kosta-Rika jamoasi ustidan yirik g'alaba qozondi. Bahs amaldagi jahon vice-chempionlari foydasiga 7:0 hisobida yakunlandi.

G'oliblar safida Nikolas Pas, Xulian Alvares va Franko Mastantuono dublga erishgan bo'lsa, Aleksis Mak Allister bitta aniq zarba bilan o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Ilk gol uchrashuvning 8-daqiqasidayoq kiritildi. Nikolas Pas Enco Fernandesning uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 35-daqiqada Xulian Alvares Agustin Xyayning pasidan so'ng argentinaliklar ustunligini oshirdi. Tanaffus arafasida, 39-daqiqada Pas Maksimo Perronedan golli uzatma qabul qilib olib, dublni rasmiylashtirdi. To'rtinchi to'p kosta-rikaliklar darvozasiga 43-daqiqada kiritildi: Alvares Djanluka Prestiannining jarima maydoniga oshirgan to'pidan keyin yana kerakli joyda paydo bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda ham argentinaliklar ustunlikni davom ettirishdi. 48-daqiqada Franko Mastantuono hisobni yirik ko'rinishga olib keldi, assistentlik vazifasini yana Perrone bajardi. 78-daqiqada yarim himoyachi Aleksis Mak Allister o'zini ko'rsatib, hisobni 6:0 ga etkazdi. O'yinga so'nggi nuqtani 89-daqiqada Djuliano Simeonening uzatmasini golga aylantirgan Mastantuono qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com