

27 yoshli angliyalik futbolchining transfer summasi 30 mln evroni tashkil etdi, kelishuv 2031 yilgacha mo'ljallangan.
"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas Chalobani muhim kuchayish deb atadi:
"U eng yuqori darajada o'ynagan va g'alaba qozongan, ammo shu bilan birga yangi yutuqlarga chanqoq. U bizga kuch, tezlik va yetakchilik sifatlarini bag'ishlaydi".
Chalobaning o'zi Fabregas bilan qayta birlashganidan va ambiciyali loyihaning bir qismiga aylanganidan xursand ekanini ma'lum qildi.



