Brayan Riaskos "Paxtakor"ga qarshi o'yin oldidan "Al Hussayn" muxlislariga murojaat yo'lladi

Оқил Абдубарноев
10 avg 2026, 16:30
Iordaniyaning "Al Hussayn" jamoasi safiga kelib qo'shilgan kolumbiyalik hujumchi Brayan Riaskos yangi klubi muxlislariga o'zining dastlabki murojaatini yo'lladi.

Tajribali futbolchining murojaati Elit Osiyo Chempionlar Ligasi saralash bosqichi doirasida sobiq jamoasi – Toshkentning "Paxtakor" klubiga qarshi kechadigan muhim uchrashuv oldidan e'lon qilindi.

Bir necha kun ilgari "Al Hussayn"ning Toshkentda o'tayotgan o'quv-mashg'ulot yig'iniga yetib kelgan 31 yoshli hujumchi o'z nutqida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

"Al Hussayn" jamoasida ekanligimdan juda xursandman. Sizlarga ko'plab quvonch baxsh etaman degan umiddaman. Ko'rishguncha".

Eslatib o'tamiz, Brayan Riaskos o'zbekistonlik muxlislarga begona emas. U o'tgan mavsum davomida aynan "Paxtakor" sharafini himoya qilgan bo'lib, "sherlar" tarkibida jami 31 ta uchrashuvda maydonga tushgan hamda o'z hisobiga 10 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan edi. Endilikda u sobiq jamoadoshlariga qarshi Iordaniya klubi libosida maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Ал Ҳуссайн" матбуот хизмати